O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi - Azer HASRET - TURAN-SAM : TURAN Stratejik Ara?t?rmalar Merkezi - http://www.turansam.org









O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi - Azer HASRET
Tarih: 01.01.2011 > Kaç kez okundu? 5642

Paylaş


Toşkent, ÖzA, 01.01.2011 – Aziz vatandoshlar! Qadrli do‘stlar!



Mana shu hayajonli daqiqalarda bayram dasturxoni atrofida jamuljam bo‘lib o‘tirgan siz azizlarni, butun O‘zbekiston xalqini qutlug‘ qadami bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi – 2011 yil bilan samimiy muborakbod etish va eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.



Ayni shu lahzalarda barchamiz o‘tib borayotgan yil davomida boshimizdan kechirgan, el-yurtimiz hayotida ro‘y bergan unutilmas voqealarni, quvonch va tashvishlarni beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, shu kunlarga sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar aytishimiz, hayotning qadr-qimmatini yana bir bor anglashimiz tabiiy, albatta.



Yakuniga yetayotgan yilni kuzatar ekanmiz, bugungi shiddat bilan tez o‘zgarayotgan zamonda, avvalo, yon-atrofimizda yuz berayotgan notinchlik va beqarorlik, qarama-qarshilik tufayli vaziyat tobora keskinlashib, murakkablashib borayotgan bir paytda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, osuda hayotni saqlash, jamiyatimizda kuchayib borayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikning qadriga yetish, asrab-avaylash naqadar muhim ekanini yana va yana qalbimizdan, yuragimizdan o‘tkazamiz, desam, o‘ylaymanki, haqiqatni aytgan bo‘laman.



Aziz do‘stlarim, birodarlarim!



Biz 2010 yil mobaynida qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lmaylik, albatta ularni qiyinchiliksiz, osonlik bilan qo‘lga kiritganimiz yo‘q.



Shu ma’noda, qaysi sohani olmaylik, bu qishloq xo‘jaligi bo‘ladimi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalar bo‘ladimi, o‘tgan yil davomida qancha-qancha mashaqqatli sinov va muammolarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelganini ta’kidlash lozim. Lekin boshimizdan o‘tkazgan bunday sinov va qiyinchiliklarga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siriga qaramasdan, o‘z nihoyasiga yetayotgan 2010 yil el-yurtimiz, Vatanimiz uchun har jihatdan mazmunli, barakali va omadli bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor.



Buning yaqqol tasdig‘ini avvalo O‘zbekistonimizning dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlariga erishib kelayotganida ko‘rish mumkin.



Ayniqsa, yakunlanayotgan yilda g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha mamlakatimizda mo‘l hosil yetishtirilgani, iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlari 108,5 foizni tashkil etib, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foizga oshirib bajarilgani bu fikrning yorqin dalilidir.



Eng muhimi, o‘tgan yilda aholining real daromadlari 23,5 foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 32 foizga ko‘paygani xalqimizning farovonligi oshib borayotganidan dalolat beradi.



2010 yil – Barkamol avlod yilida amalga oshirgan keng ko‘lamli tadbirlarimiz farzandlarimiz, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning zamon talab qilayotgan darajada bilim olishi, intellectual salohiyatini oshirishi, tajriba topishi va hayotga hal qiluvchi kuch bo‘lib kirib borishi, bir so‘z bilan aytganda, kelajagimiz mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lishi yo‘lida yangi bir qadam bo‘ldi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.



Oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlarga yetish bo‘yicha mamlakatimiz qanday yuksak natijalarga erishgan bo‘lsa, hech shubhasiz, millati, tili, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, O‘zbekistonimizni yagona Vatan deb, o‘zini ayamasdan xizmat qilayotgan har bir inson – qaysi sohada, qaysi vazifani bajarmasin – bu yutuqlarda mening ham hissam bor, deb boshini baland ko‘tarib yurishga albatta haqlidir.



Bugun mana shunday shukuhli ayyomda zahmatkash dehqonlarimiz, mehnatchi va ziyolilarimizga, olim va shifokorlar, jonkuyar o‘qituvchi va murabbiylarimizga, jasur va mard harbiylarimizga – mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mehnati singgan barcha-barcha yurtdoshlarimizga samimiy hurmatim va chuqur minnatdorchiligimni bildirishni o‘zimning burchim deb bilaman.



Muhtaram do‘stlar!



Bugun eski yil bilan xayrlashar ekanmiz, barchamiz “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb nom olgan yangi – 2011 yilni qut-barakali, omadli va fayzli, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizni yuksak pog‘onaga ko‘tarishda yangi bir bosqich bo‘ladi, deb katta orzu-umidlar bilan kutib olishimiz tabiiydir.



Yangi yilda iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlagan holda, salohiyatimizni yanada mustahkamlash hisobidan xalqimizning hayot darajasi va sifatini uzluksiz yuksaltirishga qaratilgan siyosatni davom ettirib, aholimizning daromadlarini oshirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini 25 foiz ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.



Shu borada sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va boshqa sohalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar hajmini sezilarli darajada oshirib, davlat budjeti umumiy xarajatlarining qariyb 60 foizini aynan ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ajratish belgilangani el-yurtimizning bayram oldi kayfiyatini yanada ko‘taradi, deb o‘ylayman.



Bunday rejalar hammamizni quvontiradi, albatta, lekin bu marralarni qo‘lga kiritishning asosiy shartlari haqida alohida aytib o‘tishni o‘rinli deb bilaman.



Nafaqat 2011 yildagi, balki uzoq va davomli orzu-niyatlarimizni amalgaoshirishning yakkayu yagona sharti bu – jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etish bo‘yicha mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan islohotlar siyosatini hech ikkilanmasdan, qat’iyat bilan davom ettirishdan iborat, desak, hechqanday xato bo‘lmaydi.



Kelgusi yilda men barchamizning eng muhim burchimizni shu borada amalga oshirayotgan ishlarimizning samarasini yanada oshirish uchun har qaysimiz o‘z joyimizda bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil mehnat qilishda deb bilaman va siz azizlarning barchangizni shunga da’vat etaman.



Aziz vatandoshlarim, qadrdonlarim!



Sizlarni bag‘rimga bosib, kirib kelayotgan yangi – 2011 yil bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.



Yangi yilda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!



Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!



Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!





Yorumlar









Aktif Ziyaretçi 10
Dün Tekil 1046
Bugün Tekil 571
Toplam Tekil 4277515
IP 3.142.210.173






TURAN-SAM PRINTED ISSN: 1308-8041
TURAN-SAM ONLINE ISSN: 1309-4033
Journal is indexed by:





























21 Cemaziye'l-Evvel 1446
Kas m 2024
P
S
P
C
Ct
P
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30


K peklerin dudaklar de di diye deniz kirlenmez.
(MEVLANA)


Ekle kar









Anasayfa - Amaç - Hedefimiz - Mefkuremiz - Faaliyetler - Yönetim - Yasal Uyarı - İletişim

Her Hakkı Saklıdır © 2007 - 2023 TURAN-SAM : TURAN Stratejik Araştırmalar Merkezi
Sayfa 1.502 saniyede oluşturulmuştur.

TURAN-SAM rssTURAN-SAM rss
Google Sitemap

"Bu site en iyi mozilla firefox'ta 1280x960 çözünürlükte görüntülenir."

Turan Portal v1.3 | Tasarım TURAN-SAM , Kodlama Serkan Aygün

Turan Nedir?, Bilimsel Dergiler, En popüler Bilimsel Dergi, Endeksli Bilimsel Dergiler, Saygın Bilimsel Dergi, Türk Dünyasının en popüler ve en saygın Bilimsel Hakemli Dergisi, SSCI, SCI, citation index, Turan, Türk Devletleri, Türk Birligi, Türk Dünyası, Türk Cumhuriyetleri, Türki Cumhuriyetler, Özerk Türkler, Öztürkler, Milliyetçi, Türkçü, Turancı, Turan Askerleri, ALLAH'ın askerleri, Turan Birliği, Panturan, Pantürk, Panturkist, Türk, Dünyası, Stratejik, CSR, SAM, Center for Strategical Researches, Araştırma, Merkezi, Türkiye, Ankara, İstanbul, Azer, Azeri, Azerbaycan, Bakü, Kazakistan, Alma-Ata, Astana, Kırgız, Bişkek, Kırgızistan, Özbekistan, Özbek, Taşkent, Türkmen, Türkmenistan, Turkmenistan, Aşxabad, Aşkabat, Ozbekistan, Kazakhstan, Uzbekistan, North, Cyprus, Kıbrıs, MHP, AKP, CHP, TURKEY, Turancılık, KKTC, Vatan, Ülke, Millet, Bayrak, Milliyet, Cumhuriyet, Respublika, Alparslan Türkeş, Atatürk, Elçibey, Bahçeli, Aytmatov, Bahtiyar Vahabzade, Yusuf Akçura, Zeki Velidi Togan, İsmail Gaspıralı, Gaspırinski, Nihal Atsız, Alptekin, Kürşad, Tarih, Kardeş, Xalq, Halk, Milletçi, Milliyetçi, Yürek, Ürek, Türklük, Beynelxalq, Arbitrli, Elmi, Jurnal, Nüfuzlu